Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va kasbiy mahoratini oshirish yo'lida...
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov rahbarligida, Termiz shahar hamda Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, Termiz, Sariosiyo va uzun tumani ichki ishlar bo'limlari shaxsiy tarkibi bilan jangovar, jismoniy va o'q otish tayyorgarligi, xizmat vaqtida shubhali narsa-buyum aniqlanganida birlamchi harakatlanish jarayonlari, portlovchi moddalarning turlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, shaxsiy tarkibning kasbiy mahoratlari yanada oshirilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibini jangovar shayligini oshirish borasidagi o'quv mashg'ulotlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati