3 Iyun 2023 yil 191

Ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik portretlari yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech