10 Oktyabr 2022 yil 499

Ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022 yil 28 sentabrdagi “Ichki ishlar organlirida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 223-son farmoyishi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Faxriylari hamda tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlar ishtirokida Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ko‘p yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriy ustoz, iste’fodagi polkovnik Sattorov Abdug‘ofur Xamidovich, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevichlar ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga yuqoridagi farmoyishning mazmun mohiyatini tushuntirib o‘tib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlikni saqlash, jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini, shu bilan bir qatorda bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xizmat intizomi  va qonunchilikka rioya etish, salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda sadoqat bilan xizmat qilish kerakligi, ularni ezgulik sari boshlash borasida ham maqsadli tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, o‘zlarining kerakli tavsiyalari va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng tizimda bir necha yillar samarali xizmat qilgan IIO faxriylari va yosh xodimlar iste’fodagi polkovnik A.Sattorov qalamiga mansub kitoblar, Ichki ishlar vazirligi faxriysi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech