5 May 2023 yil 448

Ichki ishlar organlari xodimlari tarixiy muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 9-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibining ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini mustahkamlash har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-e’tiqodi va irodasi mustahkam, ma’naviyatli va fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas’uliyat hissini qaror toptirish hamda “Teatr kino va muzeylar haftaligi” doirasida Termiz shahrida joylashgan “Termiz Arxeologiya muzeyi”ga  sayohati tashkil qilindi.

Xodimlarga muzeydagi tarixiy eksponatlar qadimiy yodgorliklar va boshqa qadimiy qo‘lyozma asarlar haqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech