27 May 2022 yil 404

Ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixologik suhbat o‘tkazilishi orqali oilada aniqlangan muammolarga yechim bo‘lmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan hamkorlikda “xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining ish jarayonlarini hamda ularning turmush sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
O‘tkazilayotgan psixologik suhbat jarayonidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning oilasidagi muammolarini o‘rganish orqali aniqlangan muammolarga ijobiy yechim topish hamda psixologik maslahatlar berish ko‘zda tutilgan.
Text to speech