Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagidagi nomzodlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Trening mashg‘uloti jarayonida nomzodlar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan taqdirda xizmat faoliyatidan kelib chiqib, fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishlarini inobatga olgan holda nomzodlarning muloqot madaniyati, intelektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligi, aql-zakovati hamda umumiy intelektual salohiyatlari, psixologik turg‘unlik shuningdek, zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlariga chidamlilik darajasi, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda o‘zini tutishlari, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobilyatlariga qaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad “ichki ishlar organi xodimi”- degan, sharafli nomga ularni psixologik hamda ruhiy jihatdan tayyorlash.
Hozirda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati