Ichki ishlar xodimlari bilan suv sporti mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabr kunidagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 14 mart kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 25 iyundagi IIV tizimida «Intizom oyligi»ni o‘ztkazish to‘g‘risidagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti To‘rtinchi mintaqaviy hudud 9-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi orasidan “Semizlik daraja”si bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlar bilan Surxondaryo viloyati “Alpomish” sport majmuasiga qarashli “Delfin” suzish havzasida suv sporti bo‘yicha qo‘shimcha sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.