17 Avgust 2022 yil 388

Ichki ishlar bo‘limida hisobda turuvchi shaxslarning muammolari o‘rganilmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining reja jadvaliga asosan Termiz tumani hokimligi binosida sektor rahbarlari, mutassadi tashkilotlar hamda mahallada tashkil etilgan beshlikdan iborat ishchi guruhlari ishtirokida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi shaxslarning xonadoniga borib o‘rganilib, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman hududida 2022 yilning 7 oyi davomida profilaktik hisobga olingan, muqaddam sudlangan hamda Probatsiya hisobida turgan shaxslarning muammolari manzilli o‘rganilganda 33 nafarida muammolar borligi aniqlandi. Jumladan; hisobda turgan shaxslarning14 nafarida ishsizlik, 6 nafari davolanishga, 4 nafari moddiy yordamga muhtojligi, shuningdek, 9 nafarining boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolari borligi oydinlashdi.

33 nafar aniqlangan muammolari bor shaxslarning 15 nafari joyida bartaraf etildi, 10 nafari muddat talab qilganligi sababli mutassadi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Misol uchun, Termiz tumani “Termiz” mahallasida yashovchi fuqaro B.X tuman IIBda ma’muriy nazoratda turadi. U fuqarolik pasportini rasmiylashtirishda ko‘mak so‘rab murojaat qilgandi, shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Probatsiya hisobida turuvchi tumanning “Mustaqilllik” mahallasida yashovchi B.S., “Uchqizil” mahalasida yashovchi X.M. (ismli ayol), “Sabzipoya” mahallasida yashovchi Sh.M., “Orol” mahallasida yashovchi M.L.lar tuman IIB boshlig‘i nomiga muddatidan oldin jazodan ozod etish to‘risidagi murojjati o‘rganilib, tuman sudiga taqdimnoma tayyorlanib, murojjatlari ijobiy hal qilinishiga erishildi.

Qolaversa, o‘rganish jarayonida mahalla kesimida spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning soni tahlil qilinganda “Uchqizil” hamda “Orol” mahallasida ko‘pligi aniqlandi. Xususan, B.J. hamda X.Dlar tuman bosh imom xatibiga biriktirilib, ular sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytishlari uchun yo‘naltirildi. Ayni paytda Termiz tumani IIB tomonidan hisobda turuvchi shaxslar bilan muntazam profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech