21 Iyun 2021 yil 520

Ichki ishlar boshqarmasi "voyaga etmaganlar bo'yicha inspektor-psixolog" lavozimlariga tanlov e'lon qiladi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida "voyaga etmaganlar bo'yicha inspektor-psixolog" lavozimlari bo'yicha tanlov e'lon qilinadi.
Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttiz beshdan katta bo'lmagan, Surxondaryo viloyatida doimiy ro'yxatda turuvchi, oliy ta'lim muassasalarini "psixologiya" hamda "pedagogika va psixologiya" yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislikka ega bo'lgan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezervi yoki oliy ta'lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog'ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo'lgan fuqarolarni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, ma'lumoti to'g'risidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomalarining asli bilan kelishlari so'raladi.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar "Bog'zor" mahallasi, "Barkamol avlod" ko'chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosi.
SURXONDARYO VILOYATI IIB MA'NAVIY–MA'RIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TA'MINLASH XIZMATI

Text to speech