Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 7-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida IIV ishchi guruhi hamda IIV Surxondaryo akademik litseyi tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Yurtimizda yoshlarning kelajak taqdiriga befarq bo‘lmagan holda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning birgina misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur qaror ijrosi
doirasida Respublika umumiy o‘rta talim muassasalarida o‘quvchilar bilan ishlash
bo‘yicha yagona uzviy xamkorlik tizimi asosida manzilli tasirchan mexanizm yo‘lga qo‘yildi. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosarining joriy yil 31 mart kunidagi farmoyishi
bilan maktablarga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli ko‘maklashish ko‘zda
tutilgan.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
mas’ullari, vazirlik Akademik litseyi jamoasi hamda o‘quvchilari Ichki ishlar vazirligiga
biriktirilgan Termiz shahridagi 7- sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot
tadbirlarini olib borishib, o‘quvchi yoshlarga vatanparvarlik hissi bilan yashashga
undovchi motivatsiyalar berildi.
Ushbu tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida, maktabning 9 sinf o‘quvchilari orasida Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini yanada oshirish hamda IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va sport sohalarida erishilgan yutuqlari va boshqa bir qator imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.