12 Iyun 2025 yil 1019

Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyiga kirish istagini bildirgan nomzodlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni Termiz shahridagi “Muhtasham San’at saroyi”da Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida maxsus professional tanlovlar boshlanganligi munosabati bilan IIV Akademiyasi Magistratura boshqaruv fanlari kafedrasi  kafedrasi katta o‘qituvchisi,  podpolkovnik Shuxrat Juraqulov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda IIV Surxondaryo akademik litseyi mas’ul xodimlari ishtirokida, litseyga kirish istagini bildirgan nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentabr kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 767-sonli qarori hamda IIVning maxsus professinal tanlovni o‘tkazishga oid buyruq talablari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, jarayon  davomida,  nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi belgilangan qoidalar batafsil tushuntirilib, tanlov jarayoni bo‘yicha nomzodlar hamda ularning ota-onalariga zarur ma’lumotlar berildi. Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Shu bilan birga mas’ullar tomonidan ota-onalar qabul jarayonlariga noqonuniy aralashmaslik, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy ogohlantirildi.

Text to speech