23 Fevral 2024 yil 296

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Vazir o‘rinbosari kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishning ahvoli, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi.

Dastlab, Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limiga borib, xodimlarning xizmat faoliyati, navbatchilik qismida kriminogen vaziyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning xizmat davomida foydalanadigan texnik, maxsus vositalar va boshqa jihozlarning ahvoli bilan tanishib ularga kerakli yo‘riqnomalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi “M.Ulug‘bek” mahallasiga borib mahalla yettiligi mas’ullari bilan uchrashib, olib borayotgan faoliyatlari haqida tanishib, tegishli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Text to speech