Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Vazir o‘rinbosari
kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini
olish, sodir etilganlarini fosh etishning ahvoli, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy
yordam ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Denov tumanlariga
tashrif buyurdi.
Dastlab, Sho‘rchi
tumani ichki ishlar bo‘limiga kirib, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan
hamkorlikda jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni jilovlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Sho‘rchi
tumanidagi “Guliston” va Denov tumanidagi “Paxtakurash” mahallalariga borib mahalla
yettiligi mas’ullari bilan uchrashib, olib borayotgan faoliyatlari haqida tanishib,
tegishli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.