Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Surxondaryo viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Mirzarahimov Bahodir Yuldashevich
boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida o‘z ishini boshladi. Dastlab,
vazir o‘rinbosari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xizmat binosiga
tashrif buyurdi. U yerdagi xodimlarning xizmat faoliyati, xizmat xonalari, yaratilgan
shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan situatsion markaz faoliyati bilan ham yaqindan
tanishdi.
Shundan so‘ng, general-mayor B.Mirzarahimov viloyat IIB sport kompleksida
bo‘ldi. Majmuadagi xodimlarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun
yaratilgan sharoitlar, jangovar tayyorgarlikni oshirish, mashg‘ulotlar olib borish
uchun mavjud inventarlarni ko‘zdan kechirdi.
Keyingi manzil Termiz tumanidagi turizm namoyish ob’ektlaridan biri bo‘lgan
Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi bo‘ldi. U yerda vazir o‘rinbosari dastlab, buyuk
muhaddis olimning maqbarasini ziyorat qildi va Qur’on tilovat qilindi. Shundan so‘ng,
ziyoratgohdagi holat, u yerda mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun qanday qulayliklar
mavjudligi bilan tanishdi. Turistlar oqimini ko‘paytirish uchun tegishli tavsiyalarini
berib o‘tdi.
Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohi ham bugungi
kunda sayyohlarning gavjum maskanlaridan biriga aylangan. General-mayor B.Mirzarahimov
ushbu majmuada ham bo‘ldi va xizmat ko‘rsatish sifati, turistlarning xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha e’tibor qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan mas’ullarga
topshiriqlar berdi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda