Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullaev tomonidan Surxondaryo viloyatidagi jamoat tartibini saqlash xizmat faoliyati o‘rganib chiqildi
Xususan, vazir o‘rinbosari
Denov tumani “Yurchi qo‘rg‘oni”da viloyat IIB JXX YHXB 1-tumanlararo ro‘yxatdan
o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi yangi binosini qurilish ishlari bilan tanishib,
mas’ullarga binoni yil yakuniga qadar foydalanishga
topshirish yuzasidan topshiriq berildi.
Shuningdek, General-mayor
Bekmurod Abdullaev Denov tumani IIB, FVV, PPX bataloni, Milliy gvardiya xodimlari
va mahalla beshligidan iborat kechki yo‘riqnomada ishtirok etdi. O‘tkazilgan yo‘riqnomada
“Yangi O‘zbekistonning rivoji uchun mening hissam” shiori ostida xizmat qilish,
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash
hamda mahallabay-xonadonbay-fuqarobay tizimida tashkil etishda barcha uyushqoqlikka
chaqirildi. Shundan so‘ng xodimlar harbiy orkestr sadolari ostida tantanavor yurish
bilan xizmatga tarqatildi.
Viloyat bo‘ylab o‘rganishlar davom etmoqda.