Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Angor va Sherobod tumanlarida bo‘ldi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor B.Mirzaraximov
Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarini davom ettirib, Angor tumani hududidagi
mahallalarda bo‘ldi. Hududdagi jinoyatchilikni oldini olish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasi o‘rganildi.
Tashrif davomida mahalla hududida jinoyat va xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, tumanning to‘rtta sektor rahbarlari
va mahalla fuqarolari yig‘ini beshliklari bilan suhbat olib bordi.
Shuningdek, “Yangi turmush” mahallasi va uning hududida
joylashgan “Baraka” savdo majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi 3-sonli “Huquq-tartibot
maskani”ning faoliyati, profilaktika inspektorining xizmat xonalarini va xodimlarga
yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida tozalik va obodonlashtirish ishlarini
ham ko‘zdan kechirdi.
Bundan tashqari, mahalla hududida joylashgan “Baraka” savdo
majmuasining faoliyati, tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar
bilan tanishib, ular bilan suhbat olib borildi.
Keyingi manzil, Sherobod tumani bo‘ldi. Dastlab, tumanning
“Cho‘michli” mahallasida joylashgan “Imom at-Termiziy” majmuasiga tashrif buyurib,
u yerda turistlar va ziyoratga kelayotgan aholi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
va majmua mehmonlariga xizmat ko‘rsatayotgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz
turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati bilan tanishdi.
Bundan tashqari, tumandagi “qizil” toifadagi “Majnuntol”
mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining jinoyat
va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi faoliyatini o‘rgandi.
Shuningdek, ushbu mahalla faollari, oqsoqol nuroniylar
va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda hududdagi mavjud muammolar va
ularni bartaraf etish, oila-turmush doirasida jinoyatlarning oldini olish hamda
alohida toifadagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar yuzasidan
davra suhbati o‘tkazildi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi
guruh tomonidan Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati