Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev Surxondaryo
viloyatidagi o‘rganish ishlari davomida viloyat JXX YHXB TRIB va Maxsus ekspluatatsiya
montaj bo‘limi binosida bo‘lib, qurilish ishlari davom etayotgan yangi bino va inshootlardagi
jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, Vazir o‘rinbosari Surxondaryo viloyati IIB JTSB Patrul-post
batalonida bo‘lib, ma’muriy binoni ta’mirlash ishlari bilan tanishdi va mas’ullarga
bir qator topshiriqlar berildi.
Shu kunning o‘zida general-mayor Bekmurod Abdullaev voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini o‘rgandi. Mazkur joyda saqlanayotgan
bolalar bilan, shart-sharoitlar, kundalik mashg‘ulotlar haqida suhbatlashildi.
Bundan tashqari,
markaz psixologi tominidan tayyorlangan 8 oylik hisobot namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Shu kunga qadar oilasiga qaytarilgan bolalar, ixtisoslashtirilgan muassasalarga
joylashtirilganlari haqida ma’lumotlar berildi.
Vazir o‘rinbosari
tomonidan markaz xodimlariga “Bolalarni kundalik mashg‘ulotlari, tarbiyaviy jarayonlarida
ota-onalarini jalb qilish, namunali, ijobiy natijalarga erishgan oila vakillarini
ham taklif qilish orqali bu ota-onalarga o‘zlarining tajribasidan kelib chiqib
maslahatlar berishni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi. Bu esa Surxondaryo tajribasi
sifatida tadbiq etilishi takidlandi.
Tadbir davomida,
Markazda tarbiyalanayotgan bolalardan tashkil topgan “Kelajak sari” loyihasi uchun
tayyorlanayotgan jamoaning ko‘rgazmali sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Viloyatda o‘rganish ishlari davom etmoqda.