Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Surxondaryo viloyatidagi qizil toifadagi mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ishlarni o‘rgandi
Ichki ishlar vaziri
o‘rinbosari B.Mirzarahimovning bu galgi o‘rganish ishlari Termiz shahridagi “Temiryo‘lchilar”
madaniyat saroyida Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Termiz
mintaqaviy temir yo‘l uzeli xodimlari bilan uchrashuvdan boshlandi. Yig‘ilishda
temir yo‘l sohasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda
o‘zaro hamkorlikni tashkil etish borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, xizmat
faoliyati davomida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun Transportda XTB va
Temir yo‘l tizimining ayrim xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandi.
Shundan so‘ng, o‘rganish
ishlari Jarqo‘rg‘on tumanida davom etdi. Asosan, tuman Ichki ishlar bo‘limining
faoliyati, tumandagi jinoyatchilik ahvoli va mahallalarda jinoyatchilikni oldini
olish ishlariga e’tibor qaratildi.
Dastlab tumandagi
4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashib, ular bilan hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning
oldini olish, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy sektorda amalga oshirilayotgan
ishlar borasida suhbatlashdi.
Tumandagi
"Do‘stlik" mahallasi “qizil” toifadagi hudud sanaladi. Tashrif davomida
mazkur mahalla hududida jinoyat va xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarining
tadbiq etilganligi ko‘zdan kechirildi. Mahalladagi beshlik bilan suhbatlashish jarayonida
jinoyatchilikni oldini olishda hamkorlikda ish olib borishlari aytib o‘tildi.
Vazir o‘rinbosari
Qumqo‘rg‘on tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatiga
ega “Agro presscing group” korxonasiga faoliyati bilan ham tanishdi. Xususan, korxonadagi
ishchilarning aksariyat qismi yoshlardan iborat ekanligiga ijobiy baho berdi.
Tashrif davomida,
tumandagi “qizil” toifadagi “Besh qaxramon” mahallasi faoliyati ham e’tibordan chetda
qolmadi. Ushbu mahalla hududida profilaktika inspektori tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib,
mahalla binosi va profilaktika inspektorlarining xizmat xonalarini tekshirish davomida
tozalik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mahalla profilaktika
inspektorining xizmat uyiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar
bilan tanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati