Ichki ishlar tizimida sport — sog‘lom muhit va do‘stlik ramzi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi joriy yilda ham yuqori saviyada va katta qiziqish bilan o‘tkazilmoqda.
Kuni
kecha mazkur musobaqaning hududiy saralash bosqichiga start berildi. Bellashuvlarning
“D” guruhidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Buxoro viloyati ichki
ishlar boshqarmasi, Qorovul qo‘shinlari hamda Jazoni ijro etish departamentining
voleybol jamoalari ishtirok etmoqda.
O‘tkazilayotgan
musobaqa Surxondaryo viloyati mezbonligida qizg‘in tarzda kechmoqda. Har bir uchrashuv
jamoalarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy birdamligi va g‘alaba uchun intilishi
bilan ajralib turibdi.
Tadbir
davomida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov hamda
o‘rinbosarlari bellashuvlarni yaqindan kuzatib, jamoalarga o‘z muxlisligini izhor
etishdi.
Voleybol
musobaqasi ichki ishlar organlari tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish,
xodimlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, shuningdek, ular o‘rtasida
do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda “Vazir kubogi”ning hududiy saralash bosqichi yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va haqiqiy sport ruhi muhitida davom etmoqda. Har bir jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma olish uchun barcha mahorati va irodasini namoyish etmoqda.