Ichki ishlar organlaridan tashabbus: Muzrabot tumanida yoshlar bilan samarali muloqot davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlariga 17 689 nafar yosh biriktirilgan.
Mazkur topshiriq doirasida 2025-yil 5-iyul kuni
Muzrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkir
Shukurovning tashabbusi bilan tumandagi mas’ul xodimlarga biriktirilgan og‘ir
toifadagi yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir
doirasida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, Vatanga muhabbat
tuyg‘usini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish
maqsadida o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Ilxaq” badiiy
filmi namoyish etildi.
Film namoyishi ortidan podpolkovnik O‘.Shukurov
boshchiligida film yuzasidan ochiq va samimiy muhokama o‘tkazildi. Tadbirda
Muzrabot tumani prokurorining o‘rinbosari, adliya mayori S.Humoyiddinov, tuman
IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, mayor B.Umarov, sohaga oid xizmatlar
rahbarlari hamda mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga atroflicha, asosli javoblar berildi. Bunday muloqotlar yoshlar bilan samarali ishlashda, ularni sog‘lom va fidoyi fuqarolar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.