20 Avgust 2025 yil 36

Ichki ishlar organlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Uzun tumani IIB xodimlari madaniy meros obe’ktlariga sayohat qilishdi.

Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishlariga asosan, 1 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar “Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tumandagi Madaniyat merosi “Oq ostona bobo” ziyoratgohida bo‘lishib, ushbu joyda mangu qo‘nim topganlar haqqiga duolar qilishib, ziyoratlarini ado aylashdi.

Shuningdek, ushbu aholi o‘rtasida muqaddas sanalgan “Oq ostona bobo” ziyoratgohining boy tarixiy merosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech