19 Avgust 2025 yil
56
Ichki ishlar organlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Uzun tumani IIB xodimlari o‘rtasida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishlariga asosan, 1 avgust kunidan 31 avgust kuniga
qadar “Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi”
doirasida Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘tasida “Kodeks bilimdoni”
ko‘rik tanlovi o‘tkazilib tanlovda munosib ishtirok etgan xodimlar tuman IIB rahbariyati
tomonidan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, oylik doirasida Kitob yarmarkasi ham tashkil etilib, xodimlar sevib mutolaa qilishlari hamda dunyoqarashini, bilim darajalarini yanada boyitish uchun kitoblar xarid qilishdi.