Ichki ishlar organlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida Qumqo‘rg‘onda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishlari ijrosi yuzasidan “Inson qadri uchun” shiori
ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida kuni kecha Qumqo‘rg‘on
tumani Ichki ishlar bo‘limida ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar xizmat
qilgan bir guruh nuroniy va faxriy ichki ishlar xodimlari ishtirokida “Uch avlod
uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Samimiy o‘tkazilgan
uchrashuv davomida tizimdagi faoliyat yo‘nalishlari, yosh xodimlarning bugungi kunda
olib borayotgan izchil ishlari muhokama qilinib, avlodlar o‘rtasida tajribalar almashilib,
yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularni Vatanga sadoqat ruhida
kamol toptirish muhimligi ta’kidlandi.
Suhbatlar,
bir piyola choy ustida yozilgan dasturxon atrofida davom ettirildi. O‘tkazilgan
iliq uchrashuv davomida tizimdagi faoliyat yo‘nalishlari, yosh xodimlarning bugungi
kunda olib borayotgan ishlari muhokama qilinishi bilan birga ularning bugungi kunda
xalq xizmatchisi ekanligi e’tirof etildi.
Avlodlar
o‘rtasidagi bunday muloqotlar tajriba almashish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash va ularni Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Uchrashuv so‘ngida faxriy ustozlarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiyev tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.