Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Bugungi kunda Muxtaram Prezidentimiz
tashabbuslari bilan mamlaktimizda ichki ishlari organlari tizimini tubdan takomillashtirish
borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda shu bilan bir qatorda
xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi
“Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoyi himoya qilishni
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror talablari ijrosini
ta’minlash maqsadida viloyat IIB binosida tadbir tashkil etilib, unda viloyat IIB
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari
Sh.Shadiev hamda Tavsiyanomaga loyiq deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari,
oila a’zolari va farzandlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida,
qarorga asosan joriy yilda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa
qo‘shgan 77 nafar xodimlarning 78 nafar farzandlariga hamda terrorizm, jinoyatchilikka
qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan marxum
xodimning 1 nafar farzandiga viloyat IIB
rahbariyati tomonidan tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.