20 Iyun 2024 yil 388

Ichki ishlar organlari xodimlari bilan yakka tartibdagi psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi katta psixolog poligrafologi leytenant D.F.Badriddinov hamda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tarmoq ichki ishlar organlari Surxondaryo viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tarkibida  xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.

Text to speech