Ichki ishlar organlari xodimlarining yashash sharoitlari o‘rganilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shodiev, viloyat IIB
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari
mayor H.Nurmatov hamda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik
N.Djumaevalar hamrohligida, ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari xonadonlariga borib, ularning yashash
shart-sharoitlari, muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida, xodimlarning turmush o‘rtog‘i va
farzandlarining qiziqishlari, sog‘ligida muammosi bor-yo‘qligi, yashash tarzlari
bilan qiziqib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar
ko‘rsatish maqsadida chora-tadbirlar belgilanmoqda.