Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 7-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining konsert dasturi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 18 martdagi PQ-110-son Qarori hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 31 mart kunidagi tegishli farmoyishiga asosan IIV tomonidan otaliqqa olingan Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Nurli kelajak” mahallasida joylashgan 7-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.
O‘tkazilgan konsert dasturida, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkor xonandalari hamda so‘z ustalari
tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari maktab
o‘quvchilari va pedagog xodimlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan o‘quvchilarda vatanparvarlik
hissini kuchaytiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi tizimida mavjud bo‘lgan maxsus teknikalar va qurol yaroqlar namoyish
etildi. Tadbir davomida 7-sonli maktabning o‘quvchilari maxsus texnikalar va qurol
yaroqlar namoyishidan ichki ishlar tizimiga juda qiziqish bildirib qolishdi..
Xalqimizning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun o‘tkazilayotgan konsert dasturi vohaning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.