Ishchi guruh o‘rganishlari viloyatning Shimoliy-mintaqaviy hududlarida davom etdi. Unda fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar
profilaktikasi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Hotam Qodirov O‘zbekiston Respublikasi
IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, Surxondaryo viloyati Shimoliy-mintaqaviy
hududdagi tumanlariga tashrif buyurdi. U yerda 25 nafar fuqarolarni qabul qilib,
ularning murojaatlarini tingladi. 19 nafar fuqarolarning muammolari joyida ijobiy
hal etilib, 6 ta murojaat bo‘yicha tegishli sohaviy xizmatlariga yo‘naltirilib,
ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, podpolkovnik H.Qodirov Denov pedagogika va tadbirkorlik intitutida
hududdagi barcha shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan profilaktika (katta) inspektorlari
bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda hozirgi kunda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan
vazifalarni bajarishda, yuksak professional kasbiy malaka yetishmayotganligi oqibatida,
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda turli xil noroziliklar kuzatilayotganligi
tanqid qilindi. Korrupsiya masalasiga murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi,
har bir profilaktika inspektori, umuman IIO xodimlari “xalq xizmatchisi”- degan,
yuksak nomni avaylab asrashlari shartligi, buning uchun xodimlardan talab qilinayotgan
narsa bu ijro intizomini mustahkamlab, fuqarolar bilan munosabatda xushmuomala bo‘lish,
qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish talab etilishi to‘g‘risida so‘z
bordi.