22 Iyun 2020 yil
595
Huquqtartibot organlari xodimlari hamkorlikda giyohvand vositalari aniqladi
Sariosiyo tumanida 2020 yil 17 iyun kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo'limi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tumanning "Shabnam" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi B.A.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari holislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, tomorqasiga 9 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 20 iyun kuni B.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati