Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o'rtasida sportning Milliy kurash turi bo'yicha musobaqa g'oliblari taqdirlandi
Kuni kecha Surxondaryo viloyatida "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati hududiy bo'linmasi tomonidan, kuch tuzilmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida sportning milliy kurash turi bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, sportni ommalashtirish maqsadida uyushtirilgan bellashuvda, polvonlarning chiqishlari qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.
Yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoasi faxrli 1-o'rinni egallagan bo'lsa, Milliy gvardiya viloyat bo'yicha boshqarmasi jamoasi 2-o'rinni hamda qo'riqlash boshqarmasi jamoasi 3-o'rinni egallashdi.
Musobaqa g'oliblari tashkilotchilarning, kubok, diplom, medal va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, o'z vazn toifasida ustunlikka ega bo'lgan polvonlarga ham turli esdalik sovg'alari topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati