13 Aprel 2021 yil 744

Hujjatlarni qalbakilashtirib, jinoyatga qo'l urdi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 4 aprel kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, 27 mart kuni tumanning "Feruz" mahallasida yashovchi, tashkilot rahbari N.E. arizasida, tumanning "Buston" mahallasida yashovchi, K.U. tashkilotga tegishli bo'lgan dumaloq muhrni (dublikat) nusxasini yasatib olib, o'zini ushbu tashkilotning yangi rahbari sifatida, 2018 yil 6 mart kunida buyruq chiqarib, 2019 yil 4 fevral kunidagi tashkilotning tegishli bayonnomasi asosida, Davlat xizmatlari agentligidan qayta ro'yxatdan o'tkazib, N.E.ning imzolarini qalbakilashtirib, qalbaki shartnomalar tuzib, yuk xati, schyot fakturalarini imzolarini qalbakilashtirib, noqonuniy shartnomalar tuzadi. tashkilotga tegishli bo'lgan "tovuqxona" binosi hamda 118 gektar er maydonini boshqa bir ma'suliyati cheklangan jamiyatga 5 milliard so'mga sotib yuborganligini ma'lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan 4 aprel kuni K.U.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech