24 Sentyabr 2021 yil
425
Hujjatlarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi
Termiz shahrida 2021 yil 13 sentyabr kuni hisobga olingan, shaharning "Alpomish" mahallasida yashovchi, S.Maxmudning yashash uyi oldida turgan Damas rusumli avtomashinasi ichidan fuqarolik pasporti va guvohnomalari o'g'irligi yuzasdan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Muzrobod tumani "Navro'z" mahallasida yashovchi, D.Iskandar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati