8 May 2023 yil 188

Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olinib, ularga Prezident tabrigi va sovg‘alari topshirildi

Prezidentimizning joriy yil 2 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 8 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olinib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, 18 million so‘mdan pul mukofotlari, sovg‘alar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Ikkinchi jahon urushi faxriysi, Sherobod tumani “Galaguzar” mahallasida yashovchi Elamonov Kenja boboning xonadonida bo‘lib,  faxrimiz bo‘lgan nuroniy boboimizni va ularning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladi, Davlatimiz rahbarining tabrigini o‘qib eshittirib, mukofotlarni topshirdi.

Faxriy nuroniyimiz viloyat IIB boshlig‘i bilan suhbat davomida o‘zlarining urush yillari xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berishdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta’kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Nuroniylar va tadbirga jam bo‘lganlar mustaqilligimiz abadiyligi, yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi barqaror bo‘lishini, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Text to speech