Xotira abadiy, qadr muqaddas!
El-yurtining
tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz
qalbida va ardog‘ida bo‘lgan. Shu bois yurtimizda har yili ikkinchi jahon urushida
qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi doim yodga olinadi.
Bugun
9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz tumani markazidagi “Motamsaro
ona” haykali xiyobonida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar
bo‘limi, tumandagi korxona va tashkilotlar, yoshlar va keng jamaotchilik vakillari
ishtirok etishdi.
Tadbirda
tuman hokimi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, yurtimiz tinchligi, obodligi yo‘lida
mardonavor jang qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularga munosib avlod bo‘lish,
el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilish lozimligini ta’kidladi. Tadbirda
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish
etildi.
Tadbirdan so‘ng, nuroniylar va faollar bir piyola choyga taklif qilinib,
o‘tganlar haqqiga Qur’on tilovat qilindi.