Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 25-fevral kuni Surxondaryo Viloyat IIB JXX HPB tashabbusi bilan xamkor tashkilotlar ishtirokida “Termiz shahar hududida Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Profilaktik hisobda turuvchi xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan suhbatda Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘.J.Eshimova, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Z.A.Xidirova hamda hamkor tashkilotlar ishtiroq etishdi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga yangicha yondoshuv mexanizmi to‘g‘risida ishtirokchilarga tushunchalar berib, mahallada ish olib boruvchi barcha hamkor tashkilotlarning mas’ullari, xususan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlarning birdamlikda ish olib borishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. Termiz shahar hokimligi binosida tashkilotlar bilan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida olib borilgan profilaktik davra suhbati yakuniga ko‘ra 21 nafar probatsiya hisobida turgan , 12 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 8 nafar ayollar alohida nazoratga olinish choralari ko‘rildi.