Xotin-qizlar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi MTB inspektori mayor M.Qurbonova va Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ul xodimi I.Polvonovalar ishtirokida Surxondaryo viloyati Xalq banki Termiz shahar filialida "Huquqiy madaniyat yetuklik asosi" hamda "Xotin-qizlar jinoyatchiligining oldini olish" mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda bank xodima ayollari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-87 sonli Farmoni hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati shuningdek, “Himoya orderi” haqida tushunchalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati