5 Yanvar 2024 yil 952

Xorijlik mehmonning yo‘qolgan buyumi topildi

 Tojikiston Respublikasidan sayyoh sifatida vohamizga tashrif buyurgan  Gulboeva Navbahor Rustamovna Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasiga kelgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida uyali aloqa vositasini yo‘qotib qo‘yadi va ushbu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qiladi. Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari tomonidan  zudlik bilan olib borilgan surishtiruvlar natijasida uning uyali telefon apparati topib berildi.

Ushbu ko‘rsatilgan amaliy yordamdan esa Tojikistonlik sayyoh mamnun bo‘ldi va  Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Text to speech