Xorijlik arxeologlar bilan suhbat olib borildi
Termiz tumani hududida
joylashgan miloddan avvalgi III-II asrlarga oid “Chingiztepa” yodgorliklarida joriy
yilning 4 sentabrdan 15 oktabrgacha O‘zbek-Fransuz qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasining
qazishma ishlari olib borilmoqda. “Chingiztepa” yodgorliklarida izlanishlar olib
borayotgan Fransiyalik tarixchilar Seligent de Pontbreant, Per Relish, Aliver Bardolar
bilan olib borilgan suhbat jarayonida Fransiya davlatidan kelgan ekspeditsiya a’zolari
bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz holatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga xabar berishlari hamda
shaxsiy buyumlariga ehtiyot bo‘lishlari, shu bilan birga valyuta qimmatliklarini
faqatgina banklarning ayirboshlash shahobchalari orqali amalga oshirilishi to‘g‘risida
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan kerakli
tavsiyalar berib o‘tildi.