12 Aprel 2022 yil
498
Xorijiy va mahalliy Turistlarning xavfsiligini ta’minlash maqsadida...
Turizm sohasi har qanday mamlakatning milliy iqtisodiyotiga salmoqli ulush qo‘shishi imkoniyati ekanligi e’tirof etilgani haqiqatdir. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati turizm sohasining ajralmas va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan mahalliy va xorijiy turistlarning xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa xorijiy davlatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilish, ularga o‘z vaqtida sifatli xizmat va yordam ko‘rsatish muhimdir. Shu sabab, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan, mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha “Tavsiya”lar qo‘llanmasi o‘zbek va rus tillarida kitobcha shaklida tayyorlanib, 2022 yil 6-11 aprel kunlari Termiz shahar hududida joylashgan mehmonxonalarga tarqatildi.
Shu bilan birga, mazkur mehmonxona mas’ul va ishchi-xizmatchilariga mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida tegishli tushunchalar berilib, kelgusida ushbu kitobchada qayd etilgan talablar bo‘yicha ishlarni tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi. Har bir mehmonxonaning pasport yig‘ma jildlari shakllantirilib, kelgusida xizmatda foydalanish uchun Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida jamlanishi yo‘lga qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati