Xorijiy mehmonning yo‘qotilgan telefoni topib berildi
Surxon vohasiga
sayohat qilish uchun Fransiya davlatidan tashrif buyurgan Fransiya dalati fuqarosi
Melody Naidne Claude Termiz shahridagi “Arxeologiya muzeyi”ga kelgan vaqtida ehtiyotsizlik
oqibatida uyali aloqa vositasini yo‘lovchi taksida tushirib qoldiradi va ushbu hududda
xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi xodimlariga qilgan og‘zaki murojaatiga asosan, zudlik bilan olib borilgan
surishtiruvlar natijasida sitiuatsion markazdagi kuzatuv kameralari orqali o‘z vaqtida
taksi avtomashinasi aniqlanib fuqaroning telefon apparati topib qaytarib berildi.
Ushbu ko‘rsatilgan amaliy
yordamdan Fransiyalik fuqaro hursand bo‘lib Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi
xodimlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.