Xorijiy davlatlarga ketgan termizlik yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoev raisligida 2024
yilning 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, bir qator ishlar olib borilmoqda.
Ushbu biriktirilgan
yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, ularning ijtimoiy
masalalardagi muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish, yoshlarning jamiyatda
munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasida hozirda vaqtincha ishlash yoki
o‘qish maqsadida turli xorijiy davlatlarga ketgan yoshlarning oila a’zolari, xususan
ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlar tashkil qilinmoqda. Hozirda dunyoda bo‘layotgan
noxushliklar, teraktlar va shunga o‘xshash holatlarga befarq bo‘lmasliklari, hamda
har qanday noqonuniy diniy oqimlarga qo‘shilib qolmasliklari yuzasidan Termiz shahar
IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurovga biriktirilgan ya’ni otaliqqa olingan hozirda
ishlab pul topish hamda o‘qish maqsadida ketgan yoshlar xonadonma xonadon o‘rganilib,
ularning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning hozirgi kundagi muammolari
o‘rganilmoqda.
tomonidan o‘tkazilayotgan
profilaktik tushuntirishlar asnosida, ayni vaqtlarda xorijiy davlatlarda bo‘lgan
yoshlar bilan onlayn tarzda muloqotlar tashkil etilmoqda.