16 Aprel 2024 yil 477

Xorijiy davlatlardagi termizlik yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoev raisligida 2024 yilning 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlarining hududiy tuzilmalariga 2548 nafar yoshlar biriktirildi.

Ushbu biriktirilgan yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, ularning ijtimoiy masalalardagi muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish, yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasida hozirda vaqtincha ishlash yoki o‘qish maqsadida turli xorijiy davlatlarga ketgan yoshlarning oila a’zolari, xususan ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlar tashkil qilinmoqda. Hozirda dunyoda bo‘layotgan noxushliklar, teraktlar va shunga o‘xshash holatlarga befarq bo‘lmasliklari, hamda har qanday noqonuniy diniy oqimlarga qo‘shilib qolmasliklari yuzasidan Termiz shahar IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tushuntirishlar asnosida, ayni vaqtlarda xorijiy davlatlarda bo‘lgan yoshlar bilan onlayn tarzda muloqotlar tashkil etilmoqda.

Text to speech