10 Sentyabr 2025 yil 312

Xizmatga yangi qabul qilingan harbiylashtirilgan nazoratchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida harbiylashtirilgan bo‘linmalar uchun o‘tkazilgan saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh fuqarolar hamda ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda boshqarma rahbariyati va Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan bugungi kunda qo‘riqlash tizimidagi islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuvda nomzodlarni saralash jarayonlari shaffof va ochiq tarzda tashkil etilganligi, yoshlar o‘z jismoniy imkoniyatlari, bilim va salohiyati bilan xizmatga qabul qilinganligi ta’kidlanib, hozirda uchrayotgan firibgarliklarga aldanib qolmasliklari tushuntirildi. Xodimlar o‘rtasida intizom buzilishi, yo‘l-transport hodisalari, turli ko‘ngilsiz holatlar, ta’magirlik holatlarini oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, xizmatga doir me’yoriy hujjatlar tushuntirilib,  sohada xizmat qilish mas’uliyati, qonunchilikka rioya etish talablari yetkazildi.

Text to speech