14 Mart 2021 yil 583

Hech qachon jahl otiga minmang...

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 10 mart kuni kasalxona xabariga ko'ra, 9 mart kuni taxminan soat 19.30 lar chamasida, tumanning "polvonlar yurti" mahallasida yashovchi, X.E. muntazam spirtli ichimlik iste'mol qilib kelishi oqibatida mast bo'lgan holatida qo'shnisi, M.T. bilan o'zaro janjallashib qolishadi. M.T.ga X.E.ning mast holda og'zidan chiqayotgan haqoratli gaplari uning g'ashini keltirib, achchig'ini chiqaradi. O'z achchig'ini jilovlay olmagan M.T. qo'li va oyog'i bilan uni urib-tepib, tan jarohati etkazib voqea joyidan ketib qoladi. Janjal natijasida X.E. "hayoti uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib, 10 mart kuni uyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan, 10 mart kuni T.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining "D" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Jahlini jilovlay olmagan qamoqqa, mastlikda birovning g'ashiga tegib, jahlini chiqargan qabrga "yo'l" oldi. Shuning uchun hech qachon "jahl degan ot"ga zinhor mina ko'rmang! Oxiri voy bo'lishi mumkin.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech