20 Iyun 2020 yil 604

Haydovchining umriga Zomin bo'lgan haydovchi javobgarlikka tortildi

Oltinsoy tumanida 2020 yil 17 iyun kuni taxminan soat 16.30 lar chamasida, tumanning "Guliston" mahallasi hududidan o'tuvchi 4R-100 avtomobil yo'lining 155 kilometrida, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi A.A. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan "Boysun-Denov" yo'nalishi bo'ylab harakatlanib borib, yo'lning qarama-qarshi yo'nalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi yo'liga chiqib ketib to'qnashgan. Natijada denovlik Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi, S.A. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan, 17 iyun kuni A.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech