16 Dekabr 2020 yil
661
Haydovchi piyodani urib yubordi
Sho'rchi tumanida 2020 yilning 22 noyabr kuni taxminan soat 16.00 lar chamasida, tumanning "Bobotog'" mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 avtomobil yo'lining 1513 kilometrida, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi q.J. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtoulovi bilan yo'lni o'ngdan chapga kesib o'tayotgan piyoda, tumanning "Jarqishloq" mahallasida yashovchi, q.U.ni turtib yuborgan.
Natijada piyoda q.U. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib kasalxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan, 15 dekabr kuni q.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati