Haydovchi firibgarlik qurboni bo'ldi
Termiz tumanida 2021 yil 20 oktabr kuni, Termiz shahrida yashovchi, I.Isroil (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasida, Termiz tumanining "Uchqizil" mahallasida yashovchi, B.Sardor 20 tonna karam mahsulotini Rossiya Federasiyasining Moskva shahriga yuk mashinasi bilan olib borishga kelishib, evaziga 2.500 (ikki ming besh yuz) AQSh dollari berishini aytganligi sababli, 2020 yil 26 yanvar kunida tumanning "Ayritom" mahallasidagi bojxona omborxonasidan 20 tonna karam mahsulotini o'zining yuk mashinasiga ortib, Moskva shahriga olib borganidan keyin, B.Sardor uni aldab, yukni qabul qilib olmaganligini bildirgan. 27 oktabr kuni B.Sardorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati