24 Iyul 2025 yil 392

Xavfsiz va sog‘lom yurt: Uzun tumanida profilaktik suhbat tashkil etildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tamoyili asosida Uzun tumanida Probatsiya xizmati nazoratidagi fuqarolar bilan navbatdagi profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda fuqarolarga qonunbuzarlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzini yuritish, mehnat qilish va jamiyatga foydali bo‘lish haqida tushuntirishlar berildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tgan suhbatda jinoyatning oldini olish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda.

Text to speech