19 Iyul 2025 yil 466

Xavfsiz va sog‘lom yurt: Termiz tumanida Probatsiya nazoratidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Termiz tumani Ichki ishlar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari hamkorligida navbatdagi "Mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda probatsiya xizmati nazoratidagi shaxslarga tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari – vakansiyalar bo‘yicha ish izlovchilarga tegishli takliflarni taqdim etdi.

Maqsad – ushbu fuqarolar bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarziga qaytarish va kelgusida qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdir. Tadbir yakunida 4 nafar ishsiz fuqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ishlarga joylashtirildi.

Bunday tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Text to speech