3 Avgust 2025 yil
659
Xavfsiz va sog‘lom yurt tadbiri yuzasidan: Uzun tumanida probatsiya guruhida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tamoyili asosida Uzun tumanida Probatsiya xizmati nazoratidagi fuqarolar bilan navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga qonunbuzarlikning salbiy oqibatlari,
sog‘lom turmush tarzini yuritish, mehnat qilish va jamiyatga foydali bo‘lish haqida
tushuntirishlar berildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tgan suhbatda
jinoyatning oldini olish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlash masalalariga alohida
e’tibor qaratildi va ularga kasbiga ko‘ra
turli yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rinlari taklif etildi.
Bunday mehnat yarmarkalari fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda.